Yangiliklar

Endi davlat tilini bilmagan Qirg‘iziston amaldorlari jarimaga tortiladi

17 ming somgacha
Endi davlat tilini bilmagan Qirg‘iziston amaldorlari jarimaga tortiladi / Foto: Novostan

Jogorku Kenesh Qirg‘izistonda davlat tilidan foydalanish bo‘yicha qonunlarga o‘zgartish kiritish loyihalarini ma’qulladi. Bu haqda 28 kanali ma’lim qildi.

Yangi normalarga ko‘ra deputatlar, sudyalar, vazirlar, prokurorlar, tergovchilar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari qirg‘iz tilini bilishi majburiy bo‘ladi.

Shuningdek, advokat va notariuslar litsenziya olish uchun tilni yetarli darajada bilishi shart. Davlat tilidagi tele va radioefir hajmi kamida 60 foiz bo‘lishi kerak. Tilni bilmaslik ayrim fuqarolarga yashash huquqini olish yoki immigrant maqomini egallash imkonini cheklaydi.

Qonunni buzgan shaxslarga 5 ming som, tashkilotlarga esa 17 ming som jarima belgilangan. Nazoratni Davlat tili va til siyosati bo‘yicha Milliy komissiya olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Mo‘g‘ulistonga 200 ming dollarlik qishloq xo‘jaligi mahsuloti eksportini rejalashtirayotgani haqida yozgan edik.