Rossiya aspiranturalarida o‘qiyotgan o‘zbekistonliklar soni 435 nafarga yetdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
O‘zbekiston bu ko‘rsatkich bilan to‘rtinchi o‘rinni egalladi
Rossiya aspiranturalarida o‘qiyotgan o‘zbekistonliklar soni 435 nafarga yetdi / Foto: Sputnik

2024-yilda Rossiyadagi oliy o‘quv yurtlarining aspiranturalarida 435 nafar O‘zbekiston fuqarosi tahsil olgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Oliy iqtisodiyot maktabi xabar bermoqda.

Bu ko‘rsatkich Rossiyadagi xorijiy aspirantlarining umumiy sonining 3,5 foizini tashkil qiladi. O‘zbekiston bu borada eng ko‘p aspirant yuborayotgan beshta davlat qatoridan joy oldi.

Reytingda:

  • Xitoy – 4 700 nafar;
  • Qozog‘iston – 938 nafar;
  • Suriya – 724 nafar;
  • O‘zbekiston – 435 nafar;
  • Iroq – 388 nafar.

So‘nggi yetti yilda MDH mamlakatlaridan kelayotgan aspirantlar sonida 1,9 foizlik pasayish qayd etilgan bo‘lsa-da, o‘zbekistonliklarning Rossiyadagi ilmiy ta’limga qiziqishi barqaror bo‘lib qolmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Top – 300 talik oliygohga kirgan yoshlarga 20 ming dollargacha imtiyozli ta’lim krediti berilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek