Yangiliklar

S7 Airlines Novosibirsk – Farg‘ona yo‘nalishi bo‘yicha reyslarni qayta tiklamoqda

4-iyuldan boshlab
Foto: Airbus.com

Rossiyaning S7 Airlines aviakompaniyasi 4-iyuldan boshlab Novosibirsk va Farg‘ona o‘rtasida muntazam aviaqatnovlarni qayta yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida ma’lum qildi.

Birinchi bosqichda reyslar haftada bir marta juma kunlari amalga oshiriladi. 2-sentabrdan boshlab esa parvozlar haftada ikki martaga seshanba va juma kunlariga belgilangan.

Parvoz vaqtlari:

  • Novosibirskdan Farg‘onaga jo‘nash – 22:00 da, Farg‘onaga yetib kelish – 23:00 da (mahalliy vaqt bilan);
  • Farg‘onadan qaytish – 00:20 da, Novosibirskga yetib kelish – 05:10 da.

2-sentabrdan boshlab seshanba kungi parvozlar uchun jadval o‘zgaradi:

  • Novosibirskdan uchish – 18:30 da;
  • Farg‘onadan jo‘nash – 20:50 da.

Uchishlar Boeing 737-800 samolyotlarida amalga oshiriladi va parvoz taxminan 3 soat davom etadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xitoyning Guanchjou va Pekin shaharlaridan Toshkentga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilgani haqida yozgandi.