
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Farg‘ona – Qozon – Farg‘ona yo‘nalishidagi reysi vaqtincha kechiktirildi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Bu o‘zgarish Qozon shahri havo hududining yopilishi bilan bog‘liq.
Yangilangan jadvalga ko‘ra, samolyot Farg‘onadan soat 15:00 da uchadi va Qozonga soat 16:45 da yetib boradi. Qaytish parvozi esa Qozondan soat 18:00 da amalga oshirilib, Farg‘onaga soat 23:30 da yetib keladi. Vaqtlar mahalliy vaqt bo‘yicha ko‘rsatilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent – Qozon reysi Orenburgga yo‘naltirilgani haqida yozgandi.