Yangiliklar

Ilon Mask Trampga qarshi yangi siyosiy partiya tuzdi

Bu qaror Tesla aksiyalariga ham ta’sir ko‘rsatdi
Ilon Mask Trampga qarshi yangi siyosiy partiya tuzdi / Foto: ABC News

Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask AQSHda yangi siyosiy partiya – «America Party» (Amerika partiyasi)ni tuzganini e’lon qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma’lum qildi.

Bu qaror u prezident Donald Trampning soliq qonunini tanqid qilganidan so‘ng yangradi. Mask ushbu qonun mamlakatni bankrotlikka olib kelishini aytdi.

Ushbu siyosiy qarama-qarshilik Tramp va Mask o‘rtasidagi ziddiyatni kuchaytirdi. Mask ilgari Tramp kampaniyasiga katta mablag‘ sarflagan, ammo endi uni tanqid qilib, yangi partiya orqali amerikaliklarga «ozodlikni qaytarishni» maqsad qilganini bildirdi.

Maskning bu qarori Tesla aksiyalariga ham ta’sir ko‘rsatdi – investorlar xavotir bildirib, siyosat uning biznesga e’tiborini chalg‘itmasligini talab qila boshlashdi. Tramp esa Mask kompaniyalariga ajratilgan federal subsidiyalarni bekor qilish bilan tahdid qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ilon Maskning AQSh moliya vaziri bilan mushtlashgani haqida yozgan edik.