
«Paxtakor» klubi bosh murabbiy Pedru Moreyra va uning murabbiylar shtabi bilan ikki tomonlama kelishuv asosida hamkorlikni to‘xtatdi.
Portugaliyalik mutaxassis bilan birga besh nafar yordamchi murabbiy ham jamoani tark etdi.
Klub rahbariyati Moreyra va uning shtabiga olib borgan faoliyati uchun minnatdorchilik bildirdi hamda ularga keyingi faoliyatlarida omad tiladi.
Bundan tashqari, «Paxtakor» jamoasi braziliyalik yarim himoyachi Jonatan Lukka bilan shartnomani bekor qilganini ham ma’lum qildi. Futbolchi may oyida og‘ir jarohat olgan va uzoq muddatli tiklanish jarayoniga kirgani sababli safdan chiqqan edi.
Eslatib o‘tamiz, klub joriy yil boshida portugaliyalik murabbiyni jamoaga taklif qilgan edi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shomurodov Turkiya klubi bilan shartnoma imzolash arafasida ekani haqida xabar bergan edi.