
«Nasaf» futbol maktabi tarbiyalanuvchisi Akmal Mozgovoy faoliyatini Birlashgan Arab Amirliklarida davom ettiradi. 2024-yilgi O‘zbekiston Superligasida «Eng yaxshi futbolchi» deb topilgan yarim himoyachi BAAning «Baniyas» klubi bilan shartnoma imzoladi.
Mozgovoy «Nasaf» safida uch marotaba O‘zbekiston Kubogi, uch marotaba Superkubok, oltin, kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Muhammadali O‘rinboyev Belgiyaning «Antverpen» futbol klubiga o‘tgani haqida xabar bergan edi.