
Telegram messenjerida xabarlarni avtomatik tarjima qilish funksiyasi yana qayta ishga tushmoqda. Bu haqda Telegram Info ma’lum qildi.
Ayni paytda bu imkoniyat barcha foydalanuvchilar uchun to‘liq mavjud emas.
Ba’zilar barcha xabarlarni bemalol tarjima qila olayotgan bo‘lsa, boshqalarda bu faqat ayrim chatlarda ishlamoqda. Ayrim foydalanuvchilarda esa ushbu funksiya hali ham umuman faollashmagan.
Shuningdek, butun suhbatni bir vaqtning o‘zida tarjima qilish funksiyasi ham hozircha to‘liq ishlamayapti. Telegram ushbu imkoniyatni to‘liq qayta tiklash ustida ishlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada Telegram bloklangan edi.