Yangiliklar

«Chelsi» – yangi formatdagi Klublar oʻrtasida jahon chempioni

3:0 hisobida
Foto: «Chelsea»

AQShda boʻlib oʻtgan 2025-yilgi Klublar oʻrtasidagi jahon chempionati finalida Londonning «Chelsi» jamoasi Parij klubi «PSJ»ni yirik hisobda magʻlubiyatga uchratib, bosh sovrinni qoʻlga kiritdi.

Bellashuv AQShning «MetLife» stadionida boʻlib oʻtdi. «Chelsi» ilk boʻlimdayoq oʻyin taqdirini hal qildi. 22-daqiqaga kelib Koul Palmer hisobni ochdi, ortidan 30-daqiqada oʻziyoq ikkinchi bor raqib darvozasini ishgʻol qildi. Hisobni 43-daqiqada Joao Pedro yirik koʻrinishga olib chiqdi.

Ikkinchi boʻlimda «PSJ» hisobni qisqartirish uchun bir nechta xavfli hujumlar uyushtirdi, Lekin «Chelsi himoyasini yorib oʻta olmadi. Uchrashuvning 86-daqiqasida “PSJ» futbolchisi Joau Nevesh «Chelsi» himoyachisi Mark Kukurelyani sochidan tortib yuborgani uchun toʻgʻridan toʻgʻri qizil kartochka oldi.

Shu tariqa «Chelsi» 3:0 hisobida ishonchli gʻalaba qozonib, yangi formatdagi turnirning ilk chempionligiga erishdi.

Shu bilan birga, «koʻklar» tarixda ikkinchi marta klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida gʻolib chiqdi. Birinchi marta bu unvon 2021-yilda qoʻlga kiritilgan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «SSKA» Rossiya Superkubogi sohibi bo‘lgani haqida xabar bergan edi.