
Joriy yilning yanvar – aprel oylarida Rossiyadan O‘zbekistonga $21,4 mlnlik shokolad eksport qilingan. Bu haqda «RIA Novosti» nashri xabar berdi.
Rossiya dastlabki to‘rt oyda eng ko‘p shokoladni Qozog‘istonga eksport qilgan. Bu davlatga eksport hajmi $78,3 millionni tashkil etdi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda esa Ozarbayjon ($23,4 mln) va O‘zbekiston ($21,4 mln) joylashgan. Keyingi o‘rinlardan Qirg‘iziston ($14,7 mln), Gruziya ($8 mln) va Xitoy ($7,4 mln) o‘rin oldi.
Boshqa yirik importchilar safidan Armaniston ($5,7 mln), Serbiya ($3 mln), Moldova ($2,4 mln) va Germaniya ($2,1 mln) o‘rin oldi. Shuningdek, AQSh ($970 ming), Isroil ($790 ming), Saudiya Arabistoni ($426 ming), Latviya ($418 ming) va Bolgariya ($355 ming) shokolad xarid qilgan.
Ma’lumot uchun, 2024-yilning yanvar – avgust oylarida O‘zbekiston umumiy qiymati $94 millionga teng bo‘lgan 32 ming tonna shokolad va kakao mahsulotlarini import qilgan.
Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekiston Rossiya makaronini eng ko‘p import qilgan davlatlar qatoriga kirgani haqida yozgandi.
Shuningdek, Oʻzbekistonga telefon importi yanvar – may oylarida 2,5 foizga oshdi.
Shu bilan birga, respublika Rossiyaga eng ko‘p qulupnay yetkazib bergan davlatlardan biri bo‘ldi.