Besh yil ichida O‘zbekistonda kiberjinoyatchilik 68 baravarga oshdi

eʼlon qilindi
Asosiy xavf-xatarni xakerlar emas, balki ijtimoiy muhandislik usullari keltirib chiqarmoqda
кибербезопасность
Besh yil ichida O‘zbekistonda kiberjinoyatchilik 68 barobarga oshdi. Foto: Sabina Aliyeva / Kursiv Uzbekistan

Samarqandda bo‘lib o‘tgan CyberWeek forumida so‘nggi besh yil ichida O‘zbekistonda kiberjinoyatchilik 68 baravarga oshgani haqida ma’lum qilindi.

Ichki ishlar vazirligi (IIV) va Uzcard mutasaddilarining qayd etishicha, bugungi kunda texnik xakerlik hujumlaridan ko‘ra, odamlarni aldash, ya’ni ijtimoiy muhandislik eng katta tahdid hisoblanadi.

«Agar odamning o‘zi SMSdagi kodni firibgarga bersa, hech qanday tizim qutqara olmaydi. Haqiqiy to‘siq ongda bo‘lishi kerak», – dedi Uzcard axborot xavfsizligi bo‘yicha direktor o‘rinbosari Botirjon Shokamolov.

Uning aytishicha, texnik hujumlar kamroq uchraydi. Ko‘pincha jinoyatchilar bank nomidan qo‘ng‘iroq qilib, fishing havolalarni yuboradi yoki jabrlanuvchilar nomiga kredit rasmiylashtiradi.

«Xakerlar tizimlarga hujum qiladi, firibgarlar esa odamlarga. Shu sababli biz nafaqat texnik himoyani kuchaytirmoqdamiz, balki kartalar egalari tanqidiy fikrlashni o‘rganishi uchun targ‘ibot olib boryapmiz», – dedi u.

Uzcard va Ichki ishlar vazirligi tomonidan olib borilayotgan kiberxavfsizlik bo‘yicha axborot kampaniyasi Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va Nukus shaharlarini qamrab olmoqda. Mutaxassislar fikricha, aynan shu hududlardan eng ko‘p murojaatlar kelib tushmoqda.

Bunga qadar Kursiv Uzbekistan Toshkent viloyati IIBB «dacha» band qilishda ehtiyotkorlikka chaqirgani haqida yozgandi.

Shuningdek