Yangiliklar

«Tashabbusli budjet»ning 2-mavsumi boshlandi

3-avgustga qadar loyihalar taqdim etiladi
«Tashabbusli budjet»ning 2-mavsumi boshlandi / Foto: Dzen

15-iyuldan «Ochiq budjet» portalida «Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2025-yilgi 2-mavsumi doirasida loyiha kiritish bosqichi boshlandi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lum qildi.

Fuqarolar 3-avgustgacha o‘z hududidagi muammolar bo‘yicha loyihalarini taqdim etishlari mumkin.

Jarayon 4 bosqichda o‘tkaziladi:

  1. Loyiha topshirish — 15-iyuldan 3-avgustgacha
  2. Saralash — 4 – 18-avgust
  3. Targ‘ibot — 19 – 21-avgust
  4. Ovoz berish — 22 – 31-avgust

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Tashabbusli budjet»ning 2025-yilgi 2-mavsumida 826 ta mahalla tanaffusga chiqarilgan edi.