
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi xabariga ko‘ra, Anvar O‘rmonov Toshkent shahri prokurori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. U ilgari poytaxt prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan, shuningdek, Shayxontohur va Sergeli tumanlari prokurori sifatida ham faoliyat yuritgan.
O‘rmonov o‘z faoliyatini shahar miqyosida jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha o‘tkazilayotgan keng ko‘lamli tadbirlardan boshladi.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yil yanvaridan beri Toshkent shahri prokurori lavozimida faoliyat yuritgan Erkin Yo‘ldoshev 2025-yil iyul oyida prezident administratsiyasi huzuridagi Komplayens xizmati boshlig‘i etib tayinlangan edi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qoraqalpog‘istonda pora olgan universitet o‘qituvchisi ushlangani haqida xabar bergan edi.