Lifestyle

O‘zbekistonlik golfchilar Rossiyaga qarshi Jahon terma jamoasi safida ishtirok etadi

Bahs 19-iyul kuni Moskvada o‘tkaziladi
O‘zbekistonlik golfchilar Rossiyaga qarshi Jahon terma jamoasi safida ishtirok etadi / Foto: Unsplash

O‘zbekistonlik golflchilar Kanat Qurbanaliyev va Sergey Chen Moskvada bo‘lib o‘tadigan «Kuchli figuralar» festivalida Rossiyaga qarshi Jahon terma jamoasi safida ishtirok etadi. Bu haqda TASS agentligi xabar berdi.

Jahon va Rossiya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs 19-iyul kuni Moskvada o‘tkaziladi. Jahon jamoasi tarkibidan Vyetnam, Hindiston va Marokashdan ham golfchilar joy oladi. 18-iyul kuni esa Rossiya poytaxtida golf bo‘yicha turnir tashkil etiladi. Unda olti davlatdan sportchilar qatnashadi.

«Turli sport turlarining vakillari allaqachon golfga qiziqib qolishgan. Olimpiya chempionlari va sovrindorlari bizga bu sport turini ommalashtirishda yordam berishmoqda», – dedi festival tashkilotchisi Yevgeniy Kovtun.

«Kuchli figuralar» festivali 2019-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. Dasturda golf, shaxmat va tennis kabi sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘rin olgan. Qayd etish kerakki, tadbir homiylari orasida o‘zbekistonlik sport kiyimlari brendi – 7Saber ham bor.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Paxtakor» yana bir iroqlik futbolchini tarkibiga qo‘shib olishi haqida xabar bergan edik.