Yangiliklar

Samarqandda chiqindidan energiya olish loyihasi boshlandi

Bu orqali 200 ga yaqin yangi ish o‘rni yaratiladi
Samarqandda chiqindidan energiya olish loyihasi boshlandi / Foto: Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi

Samarqand shahrida qattiq maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi zamonaviy zavod qurilishiga tamal toshi qo‘yildi. Bu haqda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi ma’lum qildi.

Foto: Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi

Loyiha Xitoyning «Shanghai SUS Environment» kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi. Zavod kuniga 1,5 ming tonna chiqindini qayta ishlaydi va yiliga 240 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Umumiy investitsiya hajmi $150 mlnni tashkil etadi va 200 ga yaqin yangi ish o‘rni yaratiladi.

Foto: Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi

Mazkur loyiha davlat rahbarining 2024-yil 24-martdagi PQ-118-son qarori asosida amalga oshirilmoqda. Tadbirkorlar, viloyat hokimligi va Ekologiya vazirligi vakillari ishtirokidagi marosimda qayd etilishicha, bu tashabbus ekologik muhofaza, chiqindilarni kamaytirish va qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish imkonini beradi.

Foto: Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq chiqindi bilan bog‘liq eng ko‘p huquqbuzarlik Namanganda aniqlangani haqida yozgan edik.