
Yangi o‘quv yili uchun O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga qabul kvotalari tasdiqlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.
Quyidagi jadvalda 2025/2026-o‘quv yili uchun magistratura bosqichi bo‘yicha kunduzgi, kechki va masofaviy ta’lim shakllariga ajratilgan qabul kvotalari ko‘rsatilgan:
Ta’lim shakli | Jami kvota | Davlat granti | To‘lov-kontrakt | O‘zbek tili | Rus tili | Qoraqalpoq tili |
---|---|---|---|---|---|---|
Kunduzgi | 20 210 | 9 922 | 10 288 | 17 263 | 2 947 | — |
Kechki | 1 319 | — | 1 319 | 1 107 | 138 | 74 |
Masofaviy | 420 | — | 420 | 352 | 53 | 15 |
Ma’lumot uchun, kunduzgi ta’lim shaklida o‘zbek va rus tillaridagi kvotalar grant va kontrakt ko‘rinishida berilgan. Kechki va masofaviy shakllarda barcha o‘rinlar to‘lov-kontrakt asosida ajratilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq kunduzgi, kechki va masofaviy ta’lim shakllariga qabul parametri tasdiqlangan edi.