Yangiliklar

Samsung Galaxy S25 Edge smartfonining yangi varianti taqdim etildi

Samsung Galaxy S25 Edge
Samsung Galaxy S25 Edge smartfonining yanada yengil va yupqa varianti taqdim etildi / Foto: Infocity.az

Samsung Galaxy S25 Edge modeli rasmiy ravishda Galaxy S25+’ning soddalashtirilgan versiyasi sifatida taqdim etildi. 4pda nashrining yozishicha, ular orasida sezilarli farqlar borligini aniqlagan.

Galaxy S25 Edge 27 grammga yengilroq va 1,5 mm ga yupqaroq. Eng katta farq akkumulyator og‘irligida bo‘lib, S25 Edge’dagi batareya S25+’nikiga qaraganda 12,36 grammga yengil.

Foto: 4pda

Shuningdek, qurilmaning markaziy ramkasi alyuminiydan tayyorlangan. Bu ham vaznni 2,8 grammga kamaytirgan.

Yana bir nechta qismlarning ham og‘irligi kamaytirilgan.

갤럭시 S25 엣지, S25 플러스와 동시에 분해 해봤습니다... 무게를 대체 어떻게 줄였을까요?

Galaxy S25 Edge nafaqat yengilroq, balki yanada yupqaroq shaklda taqdim etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Galaxy S27 Ultra’ning kamerasi haqida ilk ma’lumotlar paydo bo‘lgani haqida yozgan edi.