Banklar va moliya

Banklardagi avtokreditlarning o‘rtacha foiz stavkasi pasaydi

Mikroqarzlar bo‘yicha 34,9%, avtokreditlarda esa 24,1%
Kredit foiz stavkasi
Banklardagi mikroqarz va avtokreditlarning o‘rtacha foiz stavkasi yana pasaydi. Foto: LinkedIn

28-iyul holatiga ko‘ra, tijorat banklarida amal qilayotgan mikroqarz va avtokreditlarning so‘nggi 10 ish kuni bo‘yicha foiz stavkalari e’lon qilindi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Mamlakatdagi tijorat banklari tomonidan taqdim etilayotgan mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 34,9 foizni tashkil etmoqda. Shundan jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlarning (mikroqarzlardan tashqari) o‘rtacha foiz stavkasi 23,4 foizni, yuridik shaxslar ulushi esa 22,8 foizni ko‘rsatmoqda.

21-iyul holatiga ko‘ra, mikroqarzlarning o‘rtacha foiz stavkasi 34,8 foizni tashkil etgandi.

Eng yuqori foiz stavkasi quyidagi banklarda qayd etilgan:

  • «TBC bank» – 40,1%;
  • «Anor bank» – 39,9%;
  • «Tenge bank» – 39,8%;
  • «Apex bank» – 39,3%;
  • «Davr bank» – 37,2%.
Foto: Markaziy bank

Eng past mikroqarz foiz stavkalari quyidagi banklarda:

  • «Aloqabank» – 21,2%;
  • «Infin bank» – 25,9%;
  • «OFB» – 26%;
  • «NBU» – 26,1%;
  • «BRB» – 26,6%.

Avtokreditlar

Avtomobil xaridi uchun ajratilayotgan kreditlar bo‘yicha esa o‘rtacha yillik foiz stavkasi 24,1% etib belgilangan. Shundan jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlarning (mikroqarzlardan tashqari) o‘rtacha foiz stavkasi 23,4 foizni, yuridik shaxslar ulushi esa 22,8 foizni ko‘rsatmoqda.

21-iyul holatiga ko‘ra, avtokreditlarning o‘rtacha foiz stavkasi 24,2 foizni tashkil etgandi.

Eng past avtokredit stavkalari quyidagi banklarda kuzatilmoqda:

  • «Ipoteka bank» – 20,9%;
  • «OFB» – 21,5%;
  • «Xalq bank» – 22,6%;
  • «Asakabank» –23,4%;
  • «NBU» –23,8%.
Foto: Markaziy bank

Eng yuqori avtokredit stavkasi esa:

  • «Hamkor bank» – 29,6%;
  • «Infinbank» – 28%;
  • «Madad Invest bank» –28%;
  • «Garant bank» – 27,5%.

Markaziy bank izohiga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqaruvchilar yoki dilerlar bilan hamkorlik asosida beriladigan kreditlarda foiz stavkalari pastroq bo‘lishi mumkin. Shuningdek, avtokreditlar bo‘yicha stavkalar avtomobil turi, yoshi, boshlang‘ich badal miqdori va boshqa shartlarga qarab farq qiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan iyul oyida banklardagi muammoli kreditlar 1,65 trillion so‘mga kamaygani haqida yozgandi.