
Tesla kompaniyasi Janubiy Koreyaning Samsung Electronics firmasi bilan $16,5 mlrdlik chip yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Kelishuv 2033-yilgacha amal qiladi, deya xabar bermoqda Reuters.
Bu bitim orqali Samsung zarar ko‘rayotgan chip ishlab chiqarish bo‘linmasini tiklashga umid qilmoqda. Reuters manbalariga ko‘ra, kelishuv Tesla bilan tuzilgan bo‘lsa-da, mijoz nomi rasmiy ravishda oshkor qilinmagan.
Mutaxassislarning aytishicha, buyurtma ilg‘or 2 nanometrli texnologiyalarni o‘z ichiga olmaydi, chunki Samsung bu sohada hali muammolarga duch kelmoqda.
Shu bilan birga, Ilon Mask Tesla avtomobillarining Xitoydagi testlarda raqobatchilarni ortda qoldirganidan mamnunligini bildirib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tesla o‘zining eng arzon elektromobilini taqdim etgan edi.