
Ijtimoiy tarmoqlarda Chorvoq yaqinidagi hududda yong‘in yuzaga kelganiga doir videolar tarqaldi. Xabarlarga ko‘ra, yong‘in qurigan o‘t-o‘lanlardan kelib chiqqan.
Tarmoq foydalanuvchilarining ma’lum qilishicha, yong‘in borgan sari kuchaymoqda.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi hozirda voqea joyida Toshkent viloyati yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari hamda O‘rmon xo‘jaligi xodimlari yong‘inni bartaraf etish ishlarini olib borayotganini ma’lum qildi.
Bundan avval ham Chorvoqqa yaqin hudud, Bo‘stonliq tumani «Xo‘jakent» MFY tog‘li hududidagi 2 gektar maydonda quruq o‘t va shox-shabba sabab yong‘in chiqqandi.
Yong‘in o‘chirilgan kunning ertasiga hududda yana chiqqan tutunlar qolgan shox-shabbalardan chiqqani aytilgandi.