Sport

Formula-1. Lando Norris Vengriya Gran-prisi g‘olibi bo‘ldi

Ikkinchi o‘rin uning jamoadoshi Oskar Piastriga nasib etdi
Formula-1. Lando Norris
Formula-1. Lando Norris — Vengriya Gran-prisi g‘olibi / Foto: Formula 1

Budapesht yaqinidagi «Hungaroring» poyga majmuasida 2025-yilgi Formula-1 mavsumining 14-bosqichi — Vengriya Gran-prisi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada «McLaren» jamoasi a’zosi Lando Norris birinchi bo‘lib marraga yetib keldi. Ikkinchi o‘rin uning jamoadoshi Oskar Piastriga nasib etdi. Uchinchilik esa «Mercedes» vakili Jorj Rassellga tegdi.

Foto: Formula 1

Vengriya Gran-prisi natijalari (Top-19):

  1. Lando Norris («McLaren»)
  2. Oskar Piastri («McLaren»)
  3. Jorj Rassell («Mercedes»)
  4. Sharl Lekler («Ferrari»)
  5. Fernando Alonso («Aston Martin»)
  6. Gabriel Bortoleto («Sauber»)
  7. Lans Stroll («Aston Martin»)
  8. Liam Lawson («Racing Bulls»)
  9. Maks Ferstappen («Red Bull»)
  10. Andrea Kimi Antonelli («Mercedes»)
  11. Isak Hajjar («Racing Bulls»)
  12. Lyuis Hemilton («Ferrari»)
  13. Niko Hyulkenberg («Sauber»)
  14. Karlos Sayns («Williams»)
  15. Aleksandr Albon («Williams»)
  16. Esteban Okon («Haas»)
  17. Yuki Tsunoda («Red Bull»)
  18. Franko Kolapinto («Alpine»)
  19. Pyer Gasli («Alpine»)

Poygani yakunlay olmagan yagona haydovchi:
Oliver Berman («Haas»)

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Oskar Piastri Belgiyada g‘alaba qozongani haqida xabar bergan edi.