Yangiliklar

Setanta Sports’ni ruxsatsiz namoyish qilgan bir qator restoranlar ogohlantirildi

Vazirlik restoran va boshqa ovqatlanish muassasalariga mualliflik va turdosh huquqlarga qat’iy amal qilishni eslatdi
Foto: SVG Europe

Adliya vazirligi Buyuk Britaniyaga tegishli Eurasian Broadcasting Enterprise Limited kompaniyasi murojaati asosida Toshkentdagi bir nechta restoranlarda mualliflik huquqlari buzilganini aniqladi.

Tekshiruv davomida Setanta Sports kanallari Bavaria plaza, Guten, Dudek, «Мята», Brasserie va Woodu restoranlarida huquq egasining ruxsatisiz ommaviy tarzda namoyish etilgani ma’lum bo‘ldi. Natijada Adliya vazirligi bu subyektlarni rasman ogohlantirdi.

Vazirlik restoran va boshqa ovqatlanish muassasalariga mualliflik va turdosh huquqlarga qat’iy amal qilishni eslatdi.

Qonunchilikka ko‘ra, huquq egasi buzilgan huquq uchun BHMning 20 baravaridan 1000 baravarigacha tovon talab qilish huquqiga ega.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 1-avgustdan ekologik huquqbuzarliklar uchun jarimalar miqdori oshishi haqida xabar bergan edi.