Yangiliklar

Xitoydan O‘zbekistonga og‘ir yuklarni avtomobilda olib kelish yo‘lga qo‘yildi

Surxondaryoda qurilayotgan issiqlik elektr stansiyasi uchun
Xitoydan O‘zbekistonga 270 tonnalik yuklar to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib kelindi / Foto: Transport vazirligi

O‘zbekiston milliy tashuvchilari ilk bor Xitoyning ichki hududlaridan katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarni avtomobil transportida bevosita tashishni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.

Har birining og‘irligi 270 tonnadan ortiq bo‘lgan maxsus yuk modullari Surxondaryoda qurilayotgan issiqlik elektr stansiyasi uchun mo‘ljallangan.

Bunday nostandart yuklar – sanoat uskunalari, metall konstruksiyalar va energetika qurilmalari – qismlarga ajratib bo‘lmaydigan yirik texnikalardan iborat bo‘lib, ular maxsus transport vositalarida va tegishli ruxsatnomalar asosida yetkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq vazirlik O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasidagi haftalik aviaqatnovlar soni 56 taga yetkazilishi haqida xabar bergan edi.