
Prezident farmoni bilan Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda tuman (shahar) hokimliklari boshqaruvi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning yangi tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Yangi tartibga ko‘ra, lavozim maoshi yagona tamoyil asosida ishlab chiqilgan yangilangan tarif setkasi va ko‘p yillik xizmat hamda lavozimni inobatga oluvchi koeffitsiyentlar asosida belgilanadi. Rag‘batlantirish to‘lovlari esa eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) bo‘yicha har oylik ustama, malaka darajasi uchun to‘lov hamda hisobot davri yakunida beriladigan bonuslar shaklida amalga oshiriladi.
Farmonda ko‘zda tutilmagan qo‘shimcha ustama, mukofot va boshqa to‘lovlarni berish taqiqlanadi. 2025-yil 1-avgustdan mahalliy hokimliklarda ish haqi jamg‘armasiga lavozim maoshi, KPI bo‘yicha oylik ustama, malaka to‘lovlari, mukofot va bonuslar kiradi.
Bundan avval endi ishsizlik nafaqasi mehnat shartnomasini bekor qilganlarga to‘lanishi haqida yozgandik.