Yangiliklar

Kim Chen In Shimoliy Koreyada yadroviy qurolni tezkor kengaytirishga chaqirdi

AQSh – Janubiy Koreya qo‘shma harbiy mashg‘ulotlaridan so‘ng
Kim Chen In Shimoliy Koreyada yadroviy qurolni tezkor kengaytirishga chaqirdi / Foto: Reuters

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mamlakat yadroviy arsenalini tezlik bilan kengaytirish zarurligini ta’kidladi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

U AQSh – Janubiy Koreya qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarini «urushga ochiqcha undov» deb baholadi.

Foto: Reuters

Janubiy Koreya va AQSh bu hafta 11 kunlik Ulchi Freedom Shield mashqlarini boshladi. Pxenyan odatdagidek bu mashg‘ulotlarni bosqin tayyorgarligi sifatida ko‘rsatmoqda.

AQSh prezidenti Donald Tramp va Janubiy Koreya rahbari Li Jae Myungning yaqinlashib kelayotgan sammitida Shimoliy Koreyaning yadroviy dasturi muhokama qilinishi kutilmoqda.

Foto: Reuters

Mutaxassislarning fikricha, Pxenyan denuklearizatsiyaga rozi bo‘lish niyatida emas va yadroviy qurollarni qaytarilmas darajada kuchaytirishga intilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreya sobiq prezidentining rafiqasi hibsga olingan edi.