
2025-yilning birinchi yarmida Rossiyadan 2,8 ming nafar migratsiya qonunchiligini buzgan shaxs deportatsiya qilindi. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.
Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, noqonuniy migrantlar o‘rtasidagi jinoyatchilikka qarshi kurash va ish beruvchilar ustidan nazorat kuchaytirildi.
Shu davrda rejadan tashqari tekshiruvlar soni 14,6 foizga oshib, 19 839 ta huquqbuzarlik aniqlangan. Jami 587,8 ming migratsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklar qayd etilgan, shundan noqonuniy yashash bilan bog‘liq 28%, mehnat bozori bilan bog‘liq esa 52%ga oshgan.
Bundan tashqari, propiska va vaqtincha propiska berish sezilarli darajada qisqartirilgan: ruxsatnomalar soni 31-32 foizga kamaygan, 791 nafar shaxsning Rossiya fuqaroligi bekor qilingan. Shuningdek, chet elliklarni ishga joylashtirish bildirishnomalari soni ko‘paygan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Peterburg va Leningrad viloyatida migrantlar uchun patent narxi oshirilishi haqida yozgan edik.