
Endi Telegram messenjerida foydalanuvchilar o‘z profiliga musiqa qo‘shishi mumkin bo‘ladi. Bu haqidagi dastlabki xabarlar Telelakel kanalida ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, ushbu yangi funksiya hozirda macOS uchun beta-versiyasida sinovdan o‘tkazilmoqda.

Yangi imkoniyat VKontakte’dagi musiqiy statuslarga o‘xshaydi. Biroq Telegram’ning o‘z musiqiy kutubxonasi bo‘lmaganligi sababli, foydalanuvchilar treklarni mustaqil ravishda topib, chatga yuklashlari kerak bo‘ladi. Shundan so‘ng maxsus tugma orqali qo‘shiqni profilga biriktirish mumkin.
Foydalanuvchi sahifasida qo‘shilgan qo‘shiqlardan pleylist shakllanadi va uni boshqalar ham ko‘rishi mumkin. Shu bilan birga, boshqa foydalanuvchilarning profillari yoki pleylistlaridan ham musiqa olib qo‘yish imkoniyati bo‘ladi.
Mazkur funksiya barcha foydalanuvchilar uchun qachon ochilishi hozircha noma’lumligicha qolmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Telegram 12 yillik sovg‘alarini 3 daqiqada sotib tugatgani haqida yozgandi.