Yangiliklar

Uzairways sentabrda qo‘shimcha reyslarni amalga oshiradi — jadval

Umumiy hisobda 5 ta yo‘nalishda
UzAirways
Uzairways sentabrda qo‘shimcha reyslarni amalga oshiradi – jadval / Foto: Uzairways

Uzbekistan Airways yo‘lovchilar talabiga binoan sentyabr oyida mahalliy yo‘nalishlarda qo‘shimcha parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda aviakompaniya rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Qo‘shimcha reyslar quyidagicha tashkil etiladi:

Yo‘nalishSana / KunQo‘shimcha Parvoz Vaqti
Toshkent – Termiz – Toshkent1 – 29 sentabr (dushanba, chorshanba, juma)Dushanba, juma: Toshkent–Termiz 18:40–20:00 / Termiz–Toshkent 20:50–22:00 Chorshanba: Toshkent–Termiz 12:40–14:00 / Termiz–Toshkent 14:50–16:00
Toshkent – Buxoro – Toshkent9 – 30 sentabr (seshanba va juma)Seshanba (9-sentyabrdan): Toshkent–Buxoro 07:00–08:10 / Buxoro–Toshkent 09:00–10:00
Juma (12-sentabr): Toshkent–Buxoro 10:00–11:10 / Buxoro–Toshkent 12:00–13:00
Juma (19 va 26-sentabr): Toshkent–Buxoro 12:35–13:45 / Buxoro–Toshkent 14:35–15:35
Toshkent – Farg‘ona – Toshkent6 – 27 sentabr (shanba)Toshkent–Farg‘ona 14:30–15:20 / Farg‘ona–Toshkent 16:10–17:10
Toshkent – Navoiy – Toshkent10, 17, 24 sentabr (chorshanba)Toshkent–Navoiy 15:00–16:00 / Navoiy–Toshkent 16:50–17:50
Toshkent – Namangan – Toshkent2 – 30 sentabr (seshanba, payshanba)Seshanba: Toshkent–Namangan 17:30–18:40 / Namangan–Toshkent 19:30–20:30
Payshanba: Toshkent–Namangan 18:30–19:40 / Namangan–Toshkent 20:30–21:30

Yo‘lovchilar parvozlar jadvali bilan tanishib, chiptalarni aviakompaniya rasmiy sayti, mobil ilova, Uzbekistan Airways Sales filiallari yoki rasmiy agentlar orqali xarid qilishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 9-avgustdan boshlab Uzbekistan Airways Toshkent – Andijon – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlarni boshlashi haqida xabar bergan edik.