Yangiliklar

SpaceX Starship raketasi ilk bor muvaffaqiyatli sinovdan o‘tdi

To‘qqizta sinov parvozidan so‘ng
SpaceX Starship raketasi ilk bor muvaffaqiyatli sinovdan o‘tdi / Foto: Tyler Gray NSF

Ilon Mask kompaniyasi SpaceX o‘zining eng yirik va qudratli raketasi – Starshipning 10-sinov parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Bu avvalgi ketma-ket muvaffaqiyatsizliklardan keyingi muhim natija bo‘ldi, deya yozmoqda BBC.

Raketa Texasdagi sinov maydonidan mahalliy vaqt bilan soat 18:30 da uchirildi. Uchirilgach, birinchi bosqichdagi barcha 33 dvigatel muvaffaqiyatli ishga tushdi va 7 daqiqa o‘tib kemadan ajralib, Meksika ko‘rfaziga qulab tushdi.

Starship esa ko‘tarilishni davom ettirib, Yer yuzidan 200 km balandlikka chiqdi va sayyorani to‘liq aylanib chiqdi. Parvoz 60 daqiqa davom etdi.

Jarayon chog‘ida dvigatel qismlarining portlashi va raketaning yon qanotlari alangalanib, tebranayotgani kuzatildi. Shunga qaramay, SpaceX parvozni «katta muvaffaqiyat» sifatida baholadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ilon Mask asos solgan xAI startapi AQShning Texas shtatida Apple va OpenAIga qarshi sud da’vosi kiritgani haqida yozgan edik.