Yangiliklar

«Tashabbusli budjet»ga ovoz yig‘ishda kartadan pul o‘g‘irlash holatlari aniqlanmoqda

SMS-xabarnomalar faqat «IMV» nomi ostida yoki 2710 qisqa raqami orqali boradi
«Tashabbusli budjet»ga ovoz yig‘ishda kartadan pul o‘g‘irlash holatlari aniqlanmoqda. Ekran tasviri videodan olindi

So‘nggi kunlarda «Tashabbusli budjet» loyihasida ovoz berish bahonasida fuqarolarning bank kartalaridan mablag‘ o‘g‘irlash holatlari kuzatilmoqda.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi ovoz to‘plash bosqichida fuqarolarga SMS-xabarnomalar faqat «IMV» nomi ostida yoki 2710 qisqa raqami orqali borishini eslatdi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/08/firibgarlikdan-ehtiyot-boling_tg.mp4
Video: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Amaldagi tartibga ko‘ra:

  • ovoz berish jarayonida fuqarolardan hech qanday to‘lov talab etilmaydi;
  • ovoz uchun moddiy rag‘batlantirish yoki mukofotlar ham berilmaydi.

Shuningdek, vazirlik fuqarolardan shaxsiy ma’lumotlarini hech kimga bermaslikni va faqat rasmiy manbalar orqali ovoz berishga chaqirmoqda.

Bundan avval Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda Qiziltepa tumanidagi tibbiyot tashkilotlarida xodimlarni majburiy ovoz berishga jalb qilish holatlari haqida xabarlar tarqalgandi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga ko‘ra, bu masala atroflicha o‘rganilmoqda. Agar holatlar tasdiqlansa, mazkur loyihalar ovoz berish bosqichidan chiqariladi yoki agar g‘olib deb topilgan bo‘lsa, g‘oliblar ro‘yxatidan olib tashlanadi. Shu borada tegishli tuman Xalq deputatlari kengashiga taqdimnoma yuborilgan.