
7-sentabrdan 8-sentabrga o‘tar kechasi O‘zbekiston aholisi to‘liq Oy tutilishini (qonli Oy) kuzatishga muvaffaq bo‘ldi. Kursiv Uzbekistan ushbu astronomik hodisaning ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan suratlarini jamladi.
Tutilishning umumiy davomiyligi besh soatdan oshdi. To‘liq faza Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da boshlangan va 23:52 da yakunlangan.




O‘zbekistondan tashqari, Oy tutilishini Markaziy Osiyo, Janubi-Sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq, Yevropa, Avstraliya va Sharqiy Afrikaning ayrim hududlari aholisi ham kuzatishdi.
Keyingi to‘liq Oy tutilishi O‘zbekistonda 2029-yilda kuzatiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy kosmik stansiyasida sun’iy intellekt yordamchisi ishga tushirilgani haqida xabar bergan edik.