Yangiliklar

Avgust oyida aholining aksariyati tuxum narxi keskin oshganini sezdi

Kiyim va poyabzal narxi oshganini sezganlar ulushi ham ko‘paygan
tuxum
Foto: Unsplash

Joriy yil avgust oyida aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi o‘tgan oyga nisbatan 0,3 foizga pasayib, 13 foizni tashkil qildi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, sezilgan inflyatsiya darajasining yuqori ko‘rsatkichi Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida (13,7-14,4%) qayd etilgan bo‘lsa, past sezilgan inflyatsiya darajasi Andijon, Buxoro va Xorazm viloyatlarida (11,8-12,1%) kuzatildi.

So‘rovnomaga ko‘ra, go‘sht va sut mahsulotlari narxlari sezilarli darajada oshdi deb hisoblovchilar ulushi bir oy ichida 1 foiz bandga pasayib, 57 foizga yetdi.

Kiyim va poyabzal narxi oshganini sezganlar ulushi esa 7 foiz bandga oshib, 19 foizini tashkil etdi. Shuningdek, tuxum (+7), guruch (+2), ijara haqi (+2%) va ta’lim xizmatlari narxlari ham yuqorilagan.

Oy davomida dorilar, o‘simlik yog‘i, qurilish mollari va meva-sabzavotlar narxlari o‘zgarishsiz qolgan.

Daromadi 10-30 mln so‘m bo‘lgan respondentlar orasida sezilgan inflyatsiya keskin oshib, 16,7 foizga yetdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan aholi orasida iyul oyida go‘sht narxi oshganini sezganlar ko‘paygani haqida yozgandi.