Yangiliklar

Sergelida issiqlik tarmoqlari yangilanishi sababli Qumariq ko‘chasining bir qismi yopiladi

10–30-sentabr kunlari
Foto: depositphotos.com

Toshkent shahar Sergeli tumanida 2025–2026 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida issiqlik tarmoqlari yangilanishi munosabati bilan Qumariq ko‘chasining bir qismi yopiladi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent xabar berdi.

Foto: Veolia Energy Tashkent

Unga ko‘ra, Qumariq ko‘chasida diametri 325 millimetr bo‘lgan quvurlarning 1000 metrga yaqin qismi to‘liq almashtiriladi.

Tashkilot ishlarni 10–30-sentabr kunlari amalga oshiradi. Shu vaqt davomida Qumariq ko‘chasining ma’lum qismi transport harakati uchun yopiladi.

Shuningdek, quyidagi avtobus yo‘nalishlari harakati o‘zgartiriladi:

  • 61-yo‘nalish – A.S. Banokatiy, G. Aliyev, Temiryo‘lchilar, Kichik halqa yo‘li, Bobur ko‘chalari orqali;
  • 106-yo‘nalish – Sariko‘l, Kichik halqa yo‘li, Bobur ko‘chalari orqali;
  • 40-yo‘nalish – Bobur, Kichik halqa yo‘li, Turkiston ko‘chalari, Toshkent vokzali, Temiryo‘lchilar, A.S. Banokatiy ko‘chalari orqali RET zavodi bekatigacha;
  • 66-yo‘nalish – Qumariq, Bobur, Kichik halqa yo‘li, Turkiston ko‘chalari, Toshkent vokzali, Mehrjon, 8-Mart, Eski Sariko‘l, Yangi Zamon, Sariko‘l, A.S. Banokatiy ko‘chalari orqali RET zavodi bekatigacha;
  • 52-yo‘nalish – Lokomotiv ko‘chasi bekati va Toshkent vokzali oralig‘ida.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shota Rustaveli ko‘chasining yopilishi sababli ayrim avtobuslar yo‘nalishi o‘zgarishi mumkinligi haqida yozgandi.