Sport

2026/2027-yilgi Chempionlar ligasi finali qayerda boʻlib oʻtishi ma’lum boʻldi

Stadion 70 mingdan ortiq tomoshabinni sigʻdira oladi
Foto: Wikipedia

2026/2027-yilgi UEFA Chempionlar ligasi finali Madrid shahrida joylashgan «Riyadh Air Metropolitano» stadionida boʻlib oʻtadi. Bu haqda COPE nashri xabar bermoqda.

«Riyadh Air Metropolitano» 2017-yildan buyon «Atletiko Madrid»ning uy stadioni hisoblanadi. Ushbu majmua 1993-yilda qurib foydalanishga topshirilgan va oʻz bagʻriga 70 mingdan ortiq tomoshabinni sigʻdira oladi.

Ma’lumot uchun, Chempionlar ligasining 2025/2026-yilgi mavsum finali 30-may kuni Budapeshtda joylashgan «Ferens Pushkash» stadionida boʻlib oʻtadi.

Eslatib oʻtamiz, turnirning amaldagi gʻolibi Fransiyaning «PSJ» klubi hisoblanadi. Parijliklar oʻtgan mavsum finalida Italiyaning «Inter» klubini yirik 5:0 hisobida magʻlub etgandi.