Sport

Fayzullayev yozgi transferlarda RPLning eng qimmat sotuvlaridan biri bo‘ldi

Rossiyada yozgi transferlar oynasi yopildi. RPL klublari bir qator yetakchi futbolchilarini yirik mablag‘lar evaziga sotishga erishdi
Foto: İstanbul Bashakshehir

Rossiyada yozgi transferlar oynasi yopildi. RPL klublari bir qator yetakchi futbolchilarini yirik mablag‘lar evaziga Yevropa va Janubiy Amerika jamoalariga sotishga erishdi. Bu haqda championat.com sayti ma’lum qildi.

Bu davr ichidagi eng qimmat bitim yarim himoyachi Xorxe Karraskalga tegishli bo‘ldi. Kolumbiyalik futbolchi «Dinamo»ni tark etib, Braziliyaning mashhur klubi «Flamengo» safiga qo‘shildi. Moskvaliklar ushbu transferdan 12,5 million yevro daromad ko‘rdi.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, ikkinchi eng qimmat sotuv «SSKA»ning o‘zbekistonlik futbolchisi Abbosbek Fayzullayevning «Istanbul Bashakshehir» klubiga o‘tgani bo‘ldi. «Armiyachilar» bu transferdan 7,5 yevro foyda ko‘rdi.

Kuchli uchlikni yana bir «SSKA» futbolchisi — Kellven yakunlab berdi. Moskva klubi uni Braziliyaning «Palmeyras» jamoasiga 6 million yevro evaziga sotishga erishdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev to‘p surayotgan «Istanbul Bashakshehir» klubi bosh murabbiyi Chag‘dash Atan lavozimini tark etgani haqida xabar berilgandi.