Sport

Jennifer Lopesning konserti sabab rasvosi chiqqan «Bunyodkor» stadionida ta’mirlash ishlari boshlandi — foto

7-avgust kuni «Bunyodkor» stadioni dunyo megayulduzi Jennifer Lopes konsertiga mezbonlik qildi
Foto: Bunyodkor stadium

7-avgust kuni «Bunyodkor» stadioni dunyo megayulduzi Jennifer Lopes konsertiga mezbonlik qildi. Dastur qo‘shiqchining Up All Night: Live in 2025 jahon gastroli doirasida tashkil etildi.

Konsert e’lon qilinishidan avval bildirilgan taxminlar o‘zini oqladi. Tadbirdan so‘ng stadion maysasi jiddiy zarar ko‘rdi. O‘zbekiston professional futbol ligasi (O‘zPFL) direktori Diyor Imomxo‘jayevga ko‘ra, stadion chimini tiklash uchun $1 million atrofida mablag‘ ketadi.

«Bunyodkor» stadioni ma’muriyatining xabar berishicha, stadionda ayni dam ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Tez orada stadion maydoni to‘liq shay holatga keltirilishi aytilmoqda.

Foto: Bunyodkor stadium
Foto: Bunyodkor stadium
Foto: Bunyodkor stadium
Foto: Bunyodkor stadium

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jennifer Lopesning konserti O‘zbekiston budjetiga 42,5 milliard so‘m foyda keltirgani haqida xabar berilgandi.