
Amerika valyutasi o‘tgan yetti kunlikda ham turlicha dinamiklarni ko‘rsatdi. Kursiv Uzbekistan nashrining ushbu maqolasida hafta davomida dollar Markaziy Osiyoda qanday o‘zgardi degan savolga javob beriladi.
O‘zbekiston

8-sentabr kuni 1 AQSh dollari 12 439,41 so‘mni tashkil qilib, oldingi kunga nisbatan 81,37 so‘mga pasaydi. 9-sentabrda esa kurs yana 84,27 so‘mga tushib, 12 355,14 so‘m bo‘ldi.
10-sentabr kuni kurs biroz ko‘tarilib, 12 360,86 so‘mni qayd etdi. Oradan ikki kun o‘tib, 12-sentabrda dollar 86,49 so‘mga oshib, 12 447,35 so‘mga yetdi. 13-sentabrda esa kurs yana pasayib, 20,52 so‘mga arzonladi va 12 426,83 so‘m qilib belgilandi.
Umuman olganda, hafta davomida dollar kursi sezilarli o‘zgarishlarni ko‘rsatdi. Pasayish va ko‘tarilishlar navbatma-navbat kuzatildi. Yakunda esa 8-sentabr bilan solishtirganda, 13-sentabr holatiga ko‘ra dollar 12,58 so‘mga tushdi.
Qozog‘iston

8–13-sentabr kunlari AQSh dollari kursida o‘zgarishlar kuzatildi. 8-sentabr kuni 1 dollar 537,91 tenge bo‘lgan bo‘lsa, 9-sentabrda kurs 535,13 tengeni tashkil etib, biroz pasaydi. Keyingi kunlarda esa asta-sekin ko‘tarila boshladi: 10-sentabrda 536,76 tenge, 11-sentabrda 538,2 tenge, 12-sentabrda esa 538,89 tenge bo‘ldi. 13-sentabr yakunlariga ko‘ra, 1 AQSh dollari 540,84 tenge qilib belgilandi. Shunday qilib, hafta davomida dollar kursi pasayishdan so‘ng qayta o‘sishga yuz tutdi va besh kun ichida qariyb 3 tengega oshdi.
Qirg‘iziston

8–13-sentabr kunlari AQSh dollari kursi o‘zgarishsiz saqlanib qoldi. Har bir kunda 1 dollar qiymati 87,45 som qilib belgilandi.
So‘nggi hafta davomida kursda tebranishlar kuzatilmadi. Bu holat ichki valyuta bozorida qisqa muddatli barqarorlikni ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, mintaqadagi boshqa davlatlarda dollar kursi o‘zgarib borayotgani kuzatilmoqda.
Tojikiston

Tojikiston Milliy banki ma’lumotlariga ko‘ra, 8–12 sentabr kunlari AQSh dollari kursida biroz o‘sish kuzatildi. 8, 9 va 10-sentabr kunlari 1 dollar 9,4664 somoniy qiymatida saqlangan bo‘lsa, 11-sentabrda kurs 9,4713 somoniygacha ko‘tarildi. 12-sentabrda esa yanada o‘sib, 9,5140 somoniyni tashkil etdi.
Turkmaniston
Turkmaniston milliy valyutasining AQSh dollariga nisbati hafta davomida o‘zgarmadi – 1 AQSh dollari 3,50 turkman manatiga teng bo‘lib qolmoqda. Biroq mamlakatda valyutaning erkin konvertatsiyasi mavjud emas (O‘zbekistondagi 2017-yilgacha bo‘lgan davrni eslatadi). Shu sababli norasmiy bozorda dollar kursi rasmiy ko‘rsatkichdan ancha yuqori bo‘lishi mumkin.
Avvalroq Markaziy bank almashuv kursi moslashuvchanligini oshirgani haqida yozgan edik.