
Tailandda Bangkok va unga yaqin joylashgan Samut Prakan provinsiyasida quduzlik kasalligi qayd etilgach, mamlakatda epidemiya xavfi e’lon qilindi. Bu haqda mahalliy The Nation nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, 9-sentabrdan 8-oktabrgacha mushuk, it va boshqa sutemizuvchilarni ko‘chirish qat’iyan taqiqlanadi. Kasallik Nnong Bon va Pratevet hududlarida aniqlangan bo‘lib, u odamlar va hayvonlar, jumladan qoramol va buqalar uchun xavfli deb topildi.
Epidemiya zonasi Nnong Bon va uning atrofidagi Tap Chang, Bang Kaeo, Racha Teva, Bang Chak hamda boshqa hududlarni qamrab olgan. Mutaxassislar ushbu hududdan 5 km radiusda yashovchilarga ko‘chadagi hayvonlar bilan aloqadan ehtiyot bo‘lishni qat’iy tavsiya qilmoqda.
Karantin davrida hayvonlarni yoki ularning jasadini faqat veterinarning ruxsatisiz ko‘chirish mumkin emas. Egalarida kasallangan hayvonlar haqida 12 soat ichida xabar berish majburiydir. O‘lgan hayvonlarni esa veterinariya xizmati yetib kelguncha joyidan olib chiqish taqiqlanadi.
Qoidabuzarlar 2 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Tailand rasmiylari aholiga qoidalarga qat’iy amal qilishni, shuningdek, uysiz hayvonlar bilan ehtiyot bo‘lishni tavsiya qilmoqda.
Eskatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri JSST yangi epidemiya haqida ogohlantirgani haqida yozgan edi.