
Farg‘ona viloyatida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Uchko‘prik tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qo‘qondagi dorixona sotuvchisi 50 dona «Omnadren 250» dori vositasini shifokor retseptisiz 2,4 mln so‘mga sotayotganda qo‘lga olindi.
Shuningdek, Dang‘ara tumanida o‘tkazilgan tadbirda Buvayda tumanidagi dorixona sotuvchisi 75 dona «Omnadren 250»ni retseptsiz 4,1 mln so‘mga sotganida ushlandi.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyati Namangan shahri va Uychi tumanidagi 5 manzilda uch nafar fuqaroga tegishli yashirin dori omborlari aniqlangan edi.