
AQSh prezidenti Donald Tramp Buyuk Britaniyaga ikkinchi davlat tashrifini amalga oshirdi va qirol Charlz III hamda qirolicha Kamilla tomonidan rasmiy mehmon sifatida kutib olindi. Bu haqda CNN agentligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, Tramp 2019-yildagi birinchi tashrifi davomida ushbu sharafga erishgan yagona amerikalik rahbar sifatida tarixga kirdi.

Tramp va birinchi xonim Melaniya Windsor qal’asida bo‘lib, tashrif dasturi qal’a hovlisida qirollik oilasi bilan aravada parad, Royal Collectiondagi AQSh bilan bog‘liq eksponatlar tomoshasi va St Jorj kapellasida ziyoratlarni o‘z ichiga oladi. Payshanba kuni Britaniya bosh vazirining chekka qarorgohida siyosiy uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.

Tramp tashrif chog‘ida Windsor qal’asida nutq so‘zlab, Amerika va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi do‘stlik bebaho va abadiy ekanini ta’kidladi va ikki davlat o‘rtasidagi alohida aloqalarni yuqori baholadi. U qirol Charlzni juda, juda maxsus inson deb atadi va qirollik oilasiga hurmatini bildirdi. Shuningdek, Tramp Uilyam va Keyt bilan ham uchrashuv o‘tkazib, ularni maqtadi va muvaffaqiyatlar tiladi.

Tashrif davomida Britaniya Trampning mamlakatga bo‘lgan mehrini va Qirollikka bo‘lgan e’tiborini iqtisodiy hamkorlikka aylantirishni maqsad qilgan. Microsoft, Nvidia, Google va OpenAI kompaniyalari keyingi yillarda 31 mlrd funt ($42 mlrd ) sarmoya qilishni va’da qilgan. Bosh vazir Kir Starmer Tramp tashrifidan foydalanib, iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirish, investitsiyalarni jalb qilish va savdo tariflarini kamaytirish niyatida.

Shu bilan birga, tashrifga soya solgan holatlar ham bo‘ldi. Jeffrey Epstein bilan bog‘liq mojaro, Britaniyaning Vashingtondagi elchisi Piter Mandelsonning ishdan bo‘shatilishi va Trampga qarshi norozilik namoyishlari e’tibordan chetda qolmadi. Rasmiylar qirollik tadbirlarining tantanali namoyishi Epstein mojarosidan e’tiborni chalg‘itadi va geosiyosiy tarangliklarga qaramay, trans-Atlantika do‘stligining mustahkamligini namoyish etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va AQSh yetakchilari telefon orqali muloqot qilgan edi.