Yangiliklar

Istanbulda o‘zbekistonlik ayol pichoqlab ketildi

Hozirda mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlar jinoyat yuzasidan tergov olib bormoqda
Foto: Scott Rodgerson / Unsplash

21-sentabr kuni Turkiyaning Istanbul shahrida 36 yoshli o‘zbekistonlik ayol o‘z uyida noma’lum shaxs tomonidan pichoqlab o‘ldirilgani aniqlandi. Holat bo‘yicha O‘zbekistondagi Istanbul Boshkonsulxonasi izoh berdi.

Unga ko‘ra, halok bo‘lgan shaxs, avval Turkiyada yashash qoidalarini buzganligi sababli deportatsiya qilingan va mamlakatga kirishi taqiqlangan. Biroq ism-familiyasini o‘zgartirgan holda Turkiyaga qaytgani aniqlangan.

Hozirda mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlar jinoyat yuzasidan tergov olib bormoqda.

Bosh konsulxona marhumaning jasadini O‘zbekistonga olib kelish va uni oila a’zolariga topshirish uchun zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatayotgani ma’lum qilindi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 26-avgust kuni ayrim messenjerlarda «13 yashar o‘zbekistonlik bola Turkiyada odam o‘ldirishga urindi» sarlavhali maqola tarqalgani va bu fuqarolar o‘zbekistonlik emasligi haqida yozgandi.