Yangiliklar

24-sentabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi

AQSh valyutasi 12 171,03 so‘m
dollar
24-sentabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi / Foto: Depositphotos

24-sentabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi. Shu kun uchun AQSh valyutasi 12 171,03 so‘m (-86,10 so‘m) etib belgilandi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.

Valyuta birjasida dollar so‘nggi besh kunlikda turlicha dinamiklarni ko‘rsatdi. Xususan, 16-sentabrda yana pastlab, 12 285,16 so‘mga tenglashdi (−59,45 so‘m).

17-sentabrda ham pasayish davom etdi, 12 254,27 so‘mni qayd etdi. Ammo 18-sentabrda 12 314,71 so‘mga (+60,44 so‘m) oshdi. Shu tariqa qisqa muddat ichida kursda keskin o‘zgarishlar kuzatildi. 19-sentabrda AQSh valyutasi 12 349,87 so‘m (+35,16 so‘m) etib belgilandi. 23-sentabr kuni AQSh valyutasi 12 257,13 so‘m (-92,74 so‘m) bo‘ldi.

Jadval:

SanaAQSh dollari kursi (so‘m)O‘zgarish (so‘m)
16-sentabr12 285,16-59,45
17-sentabr12 254,27-30,89
18-sentabr12 314,71+60,44
19-sentabr12 349,87+35,16
23-sentabr12 257,13-92,74

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 69,75 so‘mga tushib, 14 364,25 so‘mni, rubl esa 0,77 so‘mga pastlab, 145,92 so‘mni tashkil qildi.

Kursiv Uzbekistan nashri AQSh dollari hafta davomida qancha qiymatga oshgani haqida yozgan edi.