Yangiliklar

Magistratura kontraktini qoplab berish bo‘yicha ariza topshirish muddati uzaytirildi

30-sentabrgacha
Foto: Chat GPT

Magistraturaga qabul qilingan va bazaviy to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan xotin-qizlar uchun ariza topshirish muddati uzaytirildi. Bu haqda Oliy ta’lim vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yili uchun kontrakt to‘lovini Davlat budjeti hisobidan qoplab berish bo‘yicha arizalar 30-sentabrgacha qabul qilinadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalari uchun mingdan ortiq davlat granti ajratilgani haqida yozgandi.