
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan telefon orqali suhbatlashdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, Mirziyoyev Berdimuhamedovni tug‘ilgan kuni bilan samimiy tabriklab, unga sog‘liq, baxt va tinchlik tiladi.
Suhbatda ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik, qo‘shnichilik va strategik sheriklikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Tovar ayirboshlash hajmini oshirish, sanoat va energetika sohalarida hamkorlik loyihalarini ilgari surish bo‘yicha fikr almashildi.
Shu bilan birga, «Shovot – Toshovuz» savdo zonasi qurilishi yakunlanayotgani, O‘zbekistonda hududlar forumi, ko‘rgazmalar, shuningdek Turkmaniston madaniyati va kino kunlarini o‘tkazish rejalashtirilgani ta’kidlandi.
Muloqot yakunida Mirziyoyev Turkmaniston rahbari va xalqini yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan prezident AQShda Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbari bilan uchrashgani haqida yozgandi.