
AQShning Texas shtatidagi Starbase markazida Starship S38 kemasining oltita Raptor dvigateli muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi. Bu haqda Nasa space flight xabar berdi.
Kuzatuvlarga ko‘ra, hammasi rejaga muvofiq o‘tgan, endi rasmiy tasdiq kutilmoqda. Kema endi 11-marta uchiriladi. Parvoz sentabr oxiri yoki oktabr boshida bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, u Starship v2 versiyasining ham, Pad A uchirish maydonchasining ham so‘nggi parvozi bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, 2025-yil Starship uchun og‘ir kechdi: o‘n marotaba sinov o‘tkazildi, ulardan faqat bittasi muvaffaqiyatli yakunlandi. Ba’zilar portlab ketgan, boshqalari esa uchishni tugata olmagan.
Keyingi bosqichda SpaceX yangi va ishonchliroq Starship v3 modellarini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Bu kema kelajakda Marsga parvozlar uchun tayanch bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq SpaceX smartfonlar uchun yangi avlod sun’iy yo‘ldosh aloqasini o‘rnatishi haqida yozgan edik.