Yangiliklar

Krasnodardan Samarqandga yangi aviareys yo‘lga qo‘yildi

Haftasiga ikki marta
Foto: Azimuth

Shu yilning 25-sentabridan Azimut aviakompaniyasi Krasnodar — Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlarni boshladi. Bu haqda «Kuban-Inform» nashri xabar berdi.

Krasnodar aeroporti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, reyslar haftasiga ikki marta — dushanba va payshanba kunlari amalga oshiriladi.

Yo‘lovchilar 100 o‘rinli SSJ-100 samolyotlarida tashiladi. Krasnodardan uchish soat 16:40 da, Samarqandga esa mahalliy vaqt bilan 22:05 da yetib keladi. Parvoz davomiyligi — 3 soat 25 daqiqa.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «UzCargo» Buyuk Britaniyaga yuk jo‘natish huquqini tasdiqlagani haqida yozgandi.