
Angliya Premyer-ligasining 6-turidan oʻrin olgan bir qator uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.
Oʻz maydonida «Brayton»ni qabul qilgan «Chelsi» 3:1 hisobida magʻlubiyatga uchradi.
Birinchi boʻlimda 1:0 hisobida oldinda borayotgan londonliklar ikkinchi boʻlimda bir kishi kam boʻlib qoldi va uch bor oʻz darvozasidan toʻp olib chiqishga majbur boʻldi.
APL. 6-tur
«Chelsi» — «Brayton» 1:3
Gollar: Enso 24 — Uelbek 77, 90+10 (dubl), de Keyper 90+2.
Chelsi — Sanches, Jeyms, Chaloba, Xato (Badiashil, 79), Kukurelya, Santos (Achempong, 54), Kaysedo, Estevao (Gyusto, 64), Enso, Netu (Laviya, 79), Pedro.
Brayton — Verbryuggen, Veltman (Viffer, 55), van Xeke, Dank, Kadioglu, Baleba (Gruda, 68), Ayari, Minte, Gomes (Simas, 85), Mitoma (Uelbek, 68), Ryutter (de Keyper, 85).
Ogohlantirishlar: Kukurelya (42), Djeyms (66), Badiashil (90+1), Sanches (90+1) — Veltman (9), van Xeke (90+1), Uelbek (90+11).
Chetlatish: Chaloba (53).

Shuningdek, «Manchester Siti» oʻz maydonida «Byornli»ni qabul qilib, yirik 5:1 hisobida zafar quchdi.
Uchrashuvdagi gollarga «shaharliklar» safidan Holand (dubl) va Nunesh mualliflik qildi. Entoni esa «Byornli»ning yagona javob to’piga mualliflik qildi.
Qizigʻi shundaki, «Byornli» futbolchisi Esteve ikki bor oʻz darvozasini ishgʻol qilib qoʻydi.
«Manchester Siti» — «Byornli» 5:1
Gollar: Esteve (avt.12, 65), Nunesh (61), Holand (90, 90+3) — Entoni (38).
Manchester Siti — Donnarumma, Nunesh, Diash, Gvardiol (Ake 70), O’Reyli (Lyuis 83), Niko, Savinyo (Bobb), Reynders (B. Silva 83), Foden, Doku, Holand.
Byornli — Dubravka, Uoker, Loran, Ekdal, Esteve, Gartman (Mejbri 88), Chauna (Bruun Larsen 62), Kallen (Broya 79), Florentinu, Entoni (Xamfris 88), Foster (Ugochukvu 80).
Ogohlantirishlar: Gartman (27), Uoker (30), Foden (83) — Entoni (63).

Bundan tashqari, safarda «Kristal Pelas» mehmoni boʻlgan «Liverpul» 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Dastlab Ismoil Sarr 9-daqiqada hisobni ochdi. 87-daqiqada Federiko Kyeza muvozanatni tikladi. Ikkinchi boʻlimga qoʻshib berilgan daqiqalarda esa Nketiya gol urib, mezbonlarning gʻalabasini taʼminladi.
«Kristal Pelas» — «Liverpul» 2:1
Gollar: Sarr (9), Nketiya (90+7) — Kiyeza (87).
Kristal Pelas — Henderson, Richards, Lakrua, Gehi, Munios, Uorton (Xyuz, 62), Kamada, Mitchell, Sarr (Nketiya, 75), Pino (Lerma, 74), Mateta.
Liverpul — Alisson, Bredli (Gakpo, 46), Konate (Frimpong, 74), Van Deyk, Kerkez, Gravenberx, Mak Alister (Jons, 65), Saloh, Soboslai, Virs (Kiyeza, 74), Isak (Ngumoha, 84).
Ogohlantirishlar: Konate (26), Van Deyk (61), Kiyeza (77), Nketiya (78).