Yangiliklar

Gaia teleskopi Somon yo‘lida ulkan «yulduzlar to‘lqini»ni aniqladi

U kichik galaktika bilan to‘qnashuv natijasida yuzaga kelgan
Gaia teleskopi Somon yo‘lida ulkan «yulduzlar to‘lqini»ni aniqladi / Foto: ESA / Gaia

Yevropa kosmik agentligi (ESA) va Gaia teleskopi bilan ishlayotgan olimlar Somon yo‘lining markazidan tarqalayotgan ulkan to‘lqinni kashf etdi. Bu haqda ASD News ma’lum qildi.

Bu hodisa galaktikaning tuzilishi va dinamikasi haqidagi tasavvurlarni o‘zgartirmoqda.

2013-yilda uchirilgan Gaia teleskopi 2025-yilda yonilg‘i tugagach missiyasini yakunladi. U qariyb 2 mlrd yulduzni kuzatib, galaktikaning mislsiz 3D xaritasini yaratdi. Natijalarga ko‘ra, galaktika doimiy harakatda bo‘lib, yulduzlar diskida suvdagi to‘lqinlarga o‘xshash deformatsiyalar mavjud.

Olimlar bunday to‘lqin paydo bo‘lishini 300 – 900 mln yil avval kichik galaktika bilan to‘qnashuv natijasida yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin, deb taxmin qilishmoqda. Yana bir versiyaga ko‘ra, u Radklif to‘lqini bilan bog‘liq bo‘lishi ehtimoli mavjud.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2026-yildan boshlab O‘zbekistonda yiliga uch marta kosmik monitoring o‘tkazilishi haqida yozgan edik.