
Argentinalik taniqli bloger va model Sasha Ferro «Independiente» klubi futbolchisi, 22 yoshli Diego Tarzia bilan uchrashayotganini tasdiqladi. Bu haqda Marca xabar bermoqda.
26 yoshli bloger ilgari «Manchester Yunayted» futbolchisi Alejandro Garnacho va «Chelsi» yarim himoyachisi Enso Fernandes bilan bog‘liq mish-mishlar bilan tilga olingan edi. Endi esa u ijtimoiy tarmoqlarda Tarzia bilan tushgan fotosuratlari va videolarini joylab, munosabatini rasman tasdiqladi.

U TikTok’da Tarzia bilan birga tushgan videoda «Men seni sevaman, Diego Tarzia» deb yozib, ularning aloqasini yashirmagan.


Sasha Ferro Instagram’da 1,7 million obunachiga ega bo‘lib, futbolchilar bilan bog‘liq hayoti tufayli tez-tez OAV e’tiborida bo‘lib keladi. Avvalroq u haqida Vinius Junior bilan ham uchrashgani haqida xabarlar tarqalgan edi, ammo o‘sha paytda u bularni tasdiqlamagan. Bu safar esa bloger munosabatlarini ochiq tan oldi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Bahodir Jalolov navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritgani haqida yozgan edi.