Yangiliklar

O‘zbekistonda yil boshidan beri oltin quymalari narxi 40 foizga oshdi

Tarixda ilk bor
Zahira
Oltin narxi yil boshidan buyon 40 foizga oshdi / Foto: FXDG

O‘zbekistonda yil boshidan beri oltin quymalari narxi 40 foizga oshdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

8-oktabr holatiga ko‘ra, 5 grammli oltin quyma 7,921 mln so‘m, 10 grammli quyma 15,842 mln so‘m, 20 grammli quyma 31,684 mln so‘m, 50 grammli quyma esa 79,210 mln so‘mni tashkil qilmoqda. 100 grammli quyma narxi esa 158,420 mln so‘m etib belgilandi.

Ma’lumot uchun, 2025-yil boshidan buyon O‘zbekiston ichki bozorida oltin quymalar narxi o‘rtacha 40 foizga oshgan. Taqqoslash uchun, 2025-yil 3-yanvar kuni 5 grammli quyma 5,661 mln so‘mni tashkil etgan edi.

Shuningdek, jahon bozorida ham oltin narxi tarixda ilk bor bir troya unsiya uchun $4 mingdan oshdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oʻzbekiston Markaziy banki avgust oyida necha tonna oltin sotib olgani haqida yozgan edik.